12:04 / 05.06.2016
3163

Shimoliy Irlandiya 12ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya o‘tkazib, Yevro-2016 ishtirokchilari orasidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi

4 iyun kuni Shimoliy Irlandiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Slovakiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Natijada Maykl O’Nil shogirdlarining mag‘lubiyatsiz seriyasi 12ta o‘yinni tashkil qilmoqda.

Bu esa Yevro-2016 turnirida ishtirok etadigan terma jamoalar orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. 

Shimoliy Irlandiya so‘nggi marta 2015 yilning mart oyida, o‘rtoqlik o‘yinida Shotlandiya termasidan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Yevro-2016 guruh o‘yinlarida shimoliy irlandiyaliklarga Polsha, Ukraina va Germaniya terma jamoalari raqib bo‘ladi.

Top