07:33 / 06.06.2016
6428

Airbus kompaniyasi 3D-printerdan chiqarilgan samolyotni namoyish etdi

Gap yangi texnologiyalar, ayniqsa, uch o‘lchamli bosmalar haqida ketsa, mashhur va yirik kompaniyalarning barchasi ham undan foydalanishni o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Ammo Airbus kompaniyasi bu ishga qo‘l urib ko‘rishga ahd qildi. Aerokosmik sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 2014 yildan buyon o‘zining A350 avialaynerini uch o‘lchamli bosmadan chiqarishga harakat qilib keladi. Ayni damda Air Transnat aviakompaniyasi uning 3D-printeridan chiqarilgan samolyot uchun zarur buyumlardan foydalanmoqda.

Shundan beri Airbus o‘z loyihalari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarida 3D-bosmasi texnologiyalaridan muntazam foydalanib keladi. Masalan, kompaniyaning A350 XWB samolyotlarining 1000 dan ortiq detallari ana shunday printerlardan chiqarilgan. Bundan bir haftda muqaddam kompaniya 3D-texnologiyali samolyotga patent olish uchun ariza taqdim etdi.

Piter Sander mana shu loyihalar boshida turgan hamda OAV uchun namoyishlar o‘tkazishda bosh-qosh bo‘ladigan rahbarlardan biri. Apparat Skandinaviya xalqlarining ilohi Tor sharafiga huddi shunday nomlangan. Aslida Thor abbreviatura bo‘lib Test Of High-tech Objectives in Reality degan so‘zlar birikmasining qisqartirilgan ko‘rinishidir. Sanderning so‘zlariga ko‘ra, u tajriba platformalarida sinovdan o‘tmoqda.

Torning og‘irligi 25 kilogramm atrofida, qanotlarining uzunligi esa 4 metrni tashkil etadi. U 50 ta detaldan tashkil topgan. Mana shunday samolyotlarni to‘liq bosmadan chiqarishga to‘rt hafta vaqt ketadi. Ushbu yangilikning bahosini 25 ming yevro deya baholashgan.

Top