10:30 / 06.06.2016
6200

Yaponiyalik texnologlar 199 grammlik dronlar ishlab chiqishdi

Yaponiyalik texnologlar 200 grammgacha bo‘lgan vazndagi ultrayengil dronlar ishlab chiqarishdi va ularni yaqinda ko‘p sonli zilzilalardan jabr ko‘rgan Kyusyu orolida sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqida "Nixon keydzay" ("Nikkey") gazetasi xabar qildi. 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Tokiodagi Yapon kartografiya markazi Tabiiy ofatlarni bartaraf qilish bo‘yicha ilmiy-texnik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda dronlarning bir necha eksperimental modellarini yaratishdi. Ular Kyusyu orolidagi Kumamoto prefekturasida yaqinda ro‘y bergan yer silkinishlaridan keyingi talofatlarni o‘rganib chiqish uchun tajriba maqsadlarida qo‘llangan. 

Gazetaning xabar berishicha, shunday dronlardan biri juda yengil uglerod tolasidan yasalgan va penopolisterol qatronli to‘rt propellerni qo‘llovchi "multkopter"dan iborat. Mitti uchuvchisiz qurilma qo‘l kaftiga sig‘adigan hajmda bo‘lib, uning og‘irligi atigi 199 grammni tashkil qiladi.

Dron GPS navigatsiya signallarini qabul qiluvchi uskuna, kompas, 8 million pikselli fotokamera bilan ta'minlangan. U 20-30 metr balandlikda parvoz qila oladi. Uning yordamida zamin obektlarining uch o‘lchamli tasvirlarini yaratish mumkin. Parvoz yo‘nalishini kompyuter-noutbuk orqali boshqariladi, deya ma'lum qildi "Nikkey.

Top