21:35 / 06.06.2016
24732

Belgiyalik sayohatchining suratlari va qoldirgan izohlari internetni larzaga soldi

Belgiyalik Jonatan Kabben Kinones instagramda onasi uchun maxsus sahifa ochib, u yerda o‘zining fotosuratlarini joylashtiradi va ostiga “ona, mening ishlarim yaxshi” kabi izohlarni yozib qoldiraveradi. 

Shuningdek, Jonatanning sahifasida “Sen qaysi yoshda bo‘lishingizdan qat'i nazar, lotinlik onang bo‘lsa va senda sayohat qilishga kuchli ishtiyoq bo‘lsa, sen ahvoling yaxshiligi to‘g‘risida onangga ma'lum qilib qo‘yishingga to‘g‘ri keladi. Bu mening yo‘lim”.

Jonatan Kolumbiya, Panama, Kubada bo‘lgan vaqtida, Karib dengizida va futbol matchlarining biridan olingan suratlarni  izohladi. 
Jonatanning instagramdagi birinchi surati 9 hafta avval joylashtirilgan.

Top