18:29 / 06.06.2016
5744

Yeva Karneyro o‘zaro kelishmovchilik hal bo‘lishi uchun «Chelsi» taklif qilgan 1,2 mln funtni olishdan bosh tortdi

Londonda «Chelsi» va jamoaning sobiq shifokori Yeva Karneyro o‘rtasidagi sud jarayoni davom etmoqda.

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino 2015 yilning avgustida, APLning 1-turida «Suonsi»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida ushbu 36 yoshli ispaniyalik shifokorni haqoratlagan, ko‘p o‘tmasdan ularning mojarosi Karneyroning ishdan chetlatilishi bilan yakunlangandi.

O‘shanda, uelsliklarga qarshi o‘yin vaqtida shifokorlar jarohat olgan Eden Azarga yordam berish uchun maydonga chiqqandi. Ammo Mourinoning fikricha, futbolchining jarohati jiddiy emasdi va shifokorlar, shu jumladan Karneyro ham bu ishi orqali «Chelsi»ga g‘alaba qozonishga xalaqit bergan.

Keyinroq Karneyro klubni butunlay tark etdi va Mourino omma oldida o‘zidan uzr so‘rashini talab etdi.

«Chelsi» Karneyroga yarashuv uchun 1,2 mln funt miqdorida tovon puli taklif qildi, ammo ayol bu taklifni rad etdi.

Karneyro Mourinoni ham alohida tartibda sudga bergan.

Karneyro portugaliyalik murabbiy uni kamsitgan, London klubi rahbariyati esa noqonuniy bo‘shatgan, deb hisoblamoqda. 

Mart oyida Karneyro futboldan butunlay ketgani va o‘z ona shahri Gibraltardagi tibbiy klinikada ishlashni davom ettirishi ma'lum bo‘lgandi.

Top