17:31 / 06.06.2016
4854

FT: McKinsey 5 milliard dollarga maxfiy fond tashkil qildi

McKinsey xalqaro konsalting kompaniyasi o‘ttiz yilcha avval McKinsey Investment Office Partners (MIO Partners) maxfiy investitsion bo‘limini tuzgan, uning faoliyati haqida yaqin vaqtgacha juda kam ma'lumot bo‘lgan, deb yozadi  Financial Times. 

Manbaning ma'lum qilishicha, McKinsey'ning hozirgi 12 va avvalgi hamkorlaridan MIO Partners kengash nazorati ostidadir, u 5 milliard aktivga ega. 9 mingdan ortiq maslahatchilar faoliyat ko‘rsatadigan sirli fondning mijozlari - energetik, investitsion-bank kompaniyalari, shuningdek xususiy investitsion bo‘limlar. 

MIO Partners o‘z faoliyati davomida mijozlarini bir necha yuz million dollar daromad bilan ta'minlagan. 

"MIO mustaqil boshqariladi va uning faoliyati McKinsey'ning konsalting operatsiyalaridan yiroq", - deya ma'lum qilishdi kompaniyada. 

Fond ishchi personal va boshqaruvdagi aktivlar nuqtai nazaridan yirik xej-fondlar bilan raqobatlashadi. 2014 yilda maxfiy bo‘lim McKinsey hamkorlarini 14 foiz daromad bilan ta'minlagan, o‘sha paytdagi xej-fondlarning o‘rtacha daromadi esa 3 foizdan iborat bo‘lgan.

Top