14:18 / 06.06.2016
7439

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligida brifing o‘tkazildi

Unda OAV xodimlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida buyicha 2016 yil 5 oyi davomida aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat vaziri Umar Saburov xisobot berdi.

Mehnat resurslari balansi:

Monitoring natijalariga ko‘ra, respublikadagi jami aholi soni 1793,7 ming  nafarni tashkil qilgani holda mehnat resurslari ya'ni ijtimoiy foydali mehnat faoliyati bilan band bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi 1033,3 ming nafarni yoki umumiy aholi soniga nisbatan 57,6 foizni tashkil etmoqda. 

Mehnat resurslaridan 357,8 ming nafari yoki 34,6 foizi iqtisodiy nofaol aholini; 

Mehnat resurslaridan 675,5 nafari yoki 65,4%i iqtisodiy faol aholini; 

Iqtisodiy faol aholidan ish bilan band bo‘lganlar 639,9 ming kishini yoki mehnat resurslariga nisbatan 61,9 foizni; 

Iqtisodiy faol aholidan 35,6 ming nafari ish bilan band bo‘lmagan aholi yoki ishsizlik darajasi 5,3 % ni; 

Ishsizlik darajasi Mo‘ynoq tumanida 6,1%, Shumanoy tumanida 6,0%, Qonliko‘l tumanida 5,5%, Nukus tumanida 5,4%ni tashkil qiladi.

Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha: 

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 oktabrdagi 9-sonli yig‘ilish bayoni, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 16 noyabrdagi 286-III-sonli, Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Jo‘qorg‘i Kengesining 2015 yil 24 dekabrdagi sessiyasida 49863 ta ish o‘rinlari Dasturi bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari ma'qullanib, tasdiqlandi.

O‘tgan yanvar-may oylari davomida berilgan ma'lumotlarga asosan dasturning barcha yo‘nalishlarida 3454 ta loyihalarda 17415 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Shundan maqsadli dasturga asosan;

- sanoatda 117 ta loyihada 1242 ta; 

- xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 457 ta loyihada 1454 ta;

- qishloq  xo‘jaligi yo‘nalishida 237 ta loyihada 856 ta;

- qurilish va ijtimoiy infratuzilma obektlarida 94 ta loyihada 765 ta;

- ijtimoiy infratuzilma sohasida  87 ta loyihada 448 ta; 

- ishlamayotgan  korxonalar faoliyatini tiklashda 34 ta loyihada 105 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, tijorat banklarining kreditlari hisobiga 5782 ta;

- yakka tartibdagi tadbirkorlik yo‘nalishida 2032 ta;

- uy mehnatining barcha shakllarida 995 ta;
- dexqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga 3736 ta ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta'minlandi.

Bandlik dasturining bajarilishi.

2016 yilning 5 oyida Bandlikka ko‘maklashish markazlariga 7758 nafar fuqarolar ish so‘rab murojaat qilgan.

Shundan 7521 nafari mavjud bo‘sh, kvota va yangi yaratilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi (dasturga nisbatan 97,0%).

Ijtimoiy himoyaga olingan 402 nafar ishsizlarni esa haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, jumladan aholi punktlarini obodonlashtirish, yo‘llar qurilishi va qayta qurilishi, melioratsiya tarmog‘i va inshoatlarini tiklash  kabi ishlarga jalb etildi.

Qolgan ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslardan 102 nafarini mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayanch kollejlarida kasbga qayta tayyorlash va o‘qitish orqali ishga joylashtirildi.

Kvotalangan ish o‘rinlaridan

Ijtimoiy muhofazaga  muhtoj va  ish topishda qiynalayotgan  shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo‘yilgan (kvotalangan) ish o‘rinlariga ishga  joylashtirish bo‘yicha 541 ta korxona va tashkilotlarda jami 2388 ta ish o‘rinlari band qilib qo‘yilgan, shundan 147 tasi nogironlar uchun band qilib qo‘yilgan. 
Band qilib qo‘yilgan kvota ish o‘rinlariga 987 nafar (41,3%) ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi. 

Yolgiz ota-onalar xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalilar 255 ta, Ta'lim muassasalarini tugatgan yoshlar 486 ta, Muddatli xarbiy xizmatdan bo‘shatilganlar 22 ta, nogironlar 15 ta, Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar 44 ta, Jazoni o‘tash muassasalaridan bo‘shatilganlar 55 ta, Safarbarlik chaqiruvi zahirasiga kiritilgan shaxslar 24 ta, Kichik yoshli bolalari bo‘lgan ishlamayotgan ayollar 64 ta, odam savdosidan jabrlanganlarni 12 ta, Ijtimoiy axamiyatli kasalliklar bilan og‘riyotganlar 10 tani tashkil kiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida:
Respublika bo‘yicha jami 19376 ta korxona va tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 1440 tasi yirik, 11361 tasi kichik korxona va tashkilotlar, mikrofirmalar,  6575 tasi  fermer xo‘jaliklarini tashkil etadi.

Shundan har oylik Bandlik markazlariga hisobot topshirishi lozim bo‘lgan 1829 ta korxona va tashkilotlar hisoblanadi.

2016 yil 1iyun holatiga respublika bo‘yicha 2869 ta bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma'lumotlar olindi. O‘tgan oyga nisbatan 304 taga yoki 10,6% bo‘sh ish o‘rinlari ortishi ta'minlandi. Ish beruvchilar ayniksa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlarini to‘liq qamrab olish bo‘yicha may oyida barchasiga MUROJAATNOMAlar yuborildi.           

Mehnat yarmarkasi o‘tkazish bo‘yicha;

2016 yilnig 5 oyi davomida Bandlikka ko‘maklashish markazlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 39 marotaba «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari» o‘tkazildi. 
Ushbu yarmarkalarda 1436 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 3670 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. 

Yarmarkalarda jami 3543 nafar ishsiz fuqarolar ishtiroki ta'minlandi. Qatnashganlarning 1551 nafariga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
1992 nafariga «Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi Qonun talablari to‘g‘risida maslahat va tushuntirishlar berildi.


Mehnat vazirligining 
Axborot xizmati

Top