19:13 / 06.06.2016
5700

Qozog‘iston Qirg‘iziston kartoshkasiga taqiqni bekor qildi

Qozog‘iston Qirg‘izistondan mamlakatga olib kiriladigan kartoshka uchun joriy qilgan taqiqni bekor qildi, deb xabar qilmoqda «24.kg» axborot agentligi, Qirg‘iziston hukumati bergan axborotga asoslangan holda.

Unga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidentining Ostonaga tashrifi chog‘ida shu masalada kelishuvga erishilgan. Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev taqiqni bekor qilish bo‘yicha shaxsan buyruq bergan.

Ammo, ta'kidlash joizki, Qirg‘iziston hukumati, faqat sifatli kartoshka eksportini amalga oshirish maqsadida laboratoriya ishlarini yo‘lga qo‘yishi talab etiladi. Bu vazifani esa, Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda veterinar va fitosanitar xavfsizlik davlat inspeksiyasi nazorat qiladi.

Top