Gazzetta dello Sport, beIN Sports va CNN muxbiri hisoblanadigan Tankredi Palmerining xabar berishicha, shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bu shartnoma 1 yilga mo‘ljallangan va unda shartnomani avtomatik uzaytirish bo‘yicha band yo‘q.

O‘z navbatida klubda hamkorlikni ikkinchi yilga ham uzaytirish bo‘yicha taklif berishi mumkinligi aytilgan.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Ibrahimovich yangi jamoasida 1 yilda 17 mln yevro miqdorida maosh oladi.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchi yangi jamoasi haqida 7 iyun kuni e'lon qilishini bildirgandi.