10:45 / 06.06.2016
5130

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shildi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 turniriga tayyorgarlik doirasida Portugaliya terma jamoasi safida mashg‘ulotlarni boshladi

Yevropa chempionlar ligasi final bahsidan keyin 31 yoshli futbolchiga bir hafta dam olish imkoniyatiga berilgandi. 5 iyun kuni u terma jamoa futbolchilarining umumiy mashg‘ulotida ishtirok etdi. 

Yevro-2016 turnirining guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Islandiya, Avstriya va Vengriya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Top