10:13 / 06.06.2016
5752

Saudiya Arabistoni neft narxlarini Yevropa uchun tushirib, AQSh uchun ko‘tardi

Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi Saudi Aramco neft narxlarini Yevropa iste'molchilari uchun tushirib, AQSh iste'molchilari uchun esa, aksincha, ko‘tardi. Bu haqda kompaniya ma'lumotlariga asoslanib, The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Narxlar shimoli-g‘arbiy mintaqalar uchun barreliga 35 sentga tushirilgan bo‘lsa, O‘rta yer dengizi mintaqalari, shuningdek, AQSh uchun esa 10 sentga arzonlashtirilgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, narxlarning bu holatga kelishi fevral oyida Eronning Yevropaga neft yetkazib berishini yangilashi bilan bog‘liqdir.

Top