15:57 / 06.06.2016
4126

Toshkentda boks bo‘yicha VI mavsumning final jangi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha WSV – Butunjahon boks seriyasi yo‘nalishi bo‘yicha VI mavsumning final jangi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz Boks federatsiyasi hamda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Kubaning «Cuba Domadores» jamoasi va Buyuk Britaniyaning «British Lionhearts» jamoasi charm qo‘lqop ustalari o‘zaro kuch sinashdi. 

WSB yo‘nalishida janglar 10 vazn toifasida o‘tkaziladi. Unda g‘alaba qozongan bokschilar uchun Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Musobaqada «Cuba Domadores» jamoasi «British Lionhearts» vakillarini 9:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Top