10:24 / 07.06.2016
4450

AQSh HDK aviatashuvchilarining yarmidan ko‘pini safarbar etdi

AQSh harbiy dengiz kuchlari 2012 yildan beri ilk marotaba yana to‘rtta avianosetsini harbiy navbatchilikka jo‘natish bilan safarbar etilgan aviatashuvchilari sonini 6taga yetkazdi. Defense News agentligi harbiy dengiz kuchlari vakiliga tayangan holda shu haqda xabar qilgan. 

Umuman, Amerika mudofaa vazirligi ixtiyorida 10 dona harbiy samolyotlarni tashiy oladigan jangovar kemalar mavjud. "Ronald Reygan" aviatashuvchisi 4 iyun kuni Yaponiyadagi Yokosuka harbiy dengiz bazasini tark etdi. 

Bundan avvalroq, AQShning sharqiy sohilidan "Duayt Eyzenxauer" zarba berish guruhi safarga otlangandi. U, IShID terroristik tashkilotiga zarba berishga yordam beradi. Shu paytgacha, jangarilar pozitsiyalariga O‘rta yer dengizidagi  "Harri Truman" aviatashuvchisi zarbalar bermoqda. "Jon Stennis" esa, Janubiy Xitoy dengizida o‘z vazifasini ado etyapti, deb qayd etadi agentlik. 

"Karl Vinson" va "Jorj Vashington" aviatashuvchilari o‘z navbatida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish maqsadida Amerikaning sharqiy va g‘arbiy sohillarini tark etgan. 

Xabarlarga ko‘ra, AQSh HDK yaqin orada yettinchi aviatashuvchi kema—"Jorj Bush"ni ham patrul qilish uchun dengizga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Dengiz kuchlari vakilining aytishicha, bu kemalarni keng ko‘lamda safarbar etish biron-bir aniq ziddiyat sababli amalga oshirilmayapti.

Top