11:22 / 07.06.2016
3855

Barak Obama va Berni Sanders AQShdagi saylovlarni muhokama qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasidan prezidentlik saylovi uchun nomzodlardan biri hisoblanadigan senator Berni Sanders bilan suhbat o‘tkazdi.

Bu siyosatchilarning suhbati Hillari Klinton o‘z ovozlari sonini ikkinchi bosqichdagi ishtirok uchun yetarli darajaga yetkazishi taxmin qilinayotgan praymeriz arafasida bo‘lib o‘tgan.

Sanders shtabi esa Klinton hali bunga erishmaganni ta'kidlamoqda va poygadan chiqmasligini bildirmoqda.

Demokratik partiyaning navbatdagi praymerizi bugun AQShning 6ta shtatida o‘tkaziladi. "Superseshanba"da  Kaliforniya, Nyu-Jyersi, Nyu-Meksiko, Montana, Shimoliy Dakota va Janubiy Dakota shtatlaridagi saylovlarda 806 delegat ovozi uchun kurash kechadi. Ikkinchi bosqichga chiqish uchun 2383 ovoz kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda Klintonda 2360, Sandersda esa 1567 ovoz bor.

Top