08:23 / 07.06.2016
3968

BuzzFeed portali Tramp reklamasini joylashtirishdan bosh tortdi

BuzzFeed mediaportali AQSh Respublikachilar partiyasi bilan 1,3 mln dollarlik reklama shartnomasini bekor qildi. Portal rahbariyatining ma'lum qilishicha, portal Respublikachilar partiyasining AQSh prezidenti lavozimiga nomzodi Donald Tramp reklamasini joylashtirishga tayyor emas.

"Biz sigareta reklamasini joylayshtirmaymiz, chunki u sog‘liq uchun zararli va biz Trampning reklama roliklarini ham shu sababga ko‘ra joylashtirmaymiz", deb aytdi BuzzFeed rahbari Jon Peretti.

Perettining aytishicha, Trampning tajovuzkor nutqlari, jumladan portal xodimlariga ham xavf soladi. Ayniqsa ularni milliarderning musulmonlarga AQShga kirishni taqiqlash taklifi hayratlantirgan.

"Albatta, biz daromaddan voz kechishni istamaymiz. Biroq ba'zi hollarda biz istesno qilishga majburmiz", deb aytdi Peretti.

Eslatib o‘tamiz, Tramp o‘z nutqlarida shuningdek musulmonlarning AQSh hududida harakatlanishini kuzatish va ularni umuman izolyatsiya qilishni taklif qilgan.

Top