16:53 / 07.06.2016
7061

Fransiyalik havaskor astronom Merkuriy va XKSni Quyosh fonida suratga oldi

Taniqli fransuz havaskor astronomi Terri Lego, ajoyib suratlarni olishning uddasidan chiqdi. Unda, Merkuriy va Xalqaro fazo stansiyasi bir vaqtning o‘zida Quyosh aylanasi fonida joylashgan. Shu yilning 9 may kuni, Lego Merkuriyning harakatini suratlarga muhrlash uchun minglab kilometrlarni ortda qoldirishga majbur bo‘ldi. Bu jarayonning noyobligi shundaki, ushbu sayyora 2019 yildagina xuddi shunday holatda Quyoshni "kesib" o‘tadi. 

Biroq, suratkash yana bir noyob hodisani ham qayd qilishga intizor bo‘lib turgandi. Shu bois, u XKS va Merkuriyni Quyosh fonida suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘sha kuni Yer sayyorasining uchta nuqtasida ayni holatni kuzatish mumkin bo‘lgan. 

Bular Kanadaning Kvebek provinsiyasi, AQShdagi Buyuk ko‘llar hamda Filadelfiya shahri. Havaskor astronom ayni shu shaharga yo‘l olgan. Suratga olish jarayonining murakkabligi shundan iborat ediki, XKSi Quyosh aylanasidan bir soniyadan kamroq lahzada o‘tib ketar edi. Quyoshni kichikkina bulut to‘sishi ham uning orzusini 2019 yilgacha ortga surardi.

«Axir men, kosmik stansiyadan yana bir marta shu joydan o‘tishni iltimos qila olmasdim», — deb hikoya qilgan Lego. Ammo, suratkashning omadi chopdi, u suratga olish ishlarini yakunlagach, 10 daqiqadan so‘ng havoda bulut paydo bo‘lgan, deb yozadi Space.com.

Top