12:35 / 07.06.2016
4887

Istanbuldagi portlash qurbonlari soni 2 nafar, 8 kishi jarohatlangan

2 kishi Istanbul shahri markazidagi portlash natijasida halok bo‘ldi.

Haberturk xabariga ko‘ra, avtobus bekati yonida sodir etilgan portlash natijasida 8 kishi jarohatlangan.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 8:40da, shahar markazidagi Boyazid tumanida, Veznedjiler bekati yonida yuz berdi. Ko‘chadan politsiyachilar mingan avtomobil o‘tayotgan vaqtida bomba portlagan. Portlashdan so‘ng hududda otishma ovozlari eshitilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chadagi avtomobillardan biriga portlovchi qurilma o‘rnatilgandi va u masofadan turib harakatga keltirilgan.

Top