Jahon | 16:06 / 08.06.2016
12204
1 daqiqa o‘qiladi

Aqto‘bedagi teraktlardan so‘ng 9 iyun Qozog‘istonda motam kuni deb e'lon qilindi

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi teraktlar munosabati bilan 9 iyun motam kuni deb e'lon qilindi. Bu haqida Qozog‘iston prezidentining rasmiy saytida xabar qilindi

"9 iyun, payshanba kunini halok bo‘lganlar xotirasiga umumxalq motam kuni deb e'lon qilaman. Mening topshirig‘im bilan ichki ishlar vazirligi va akimatlar halok bo‘lganlar hamda jabr ko‘rganlarning oilalariga har tomonlama yordam berishadi", - deya Nursulton Nazarboyevning so‘zlarini keltiradi prezidentning matbuot kotibi. 

Bundan tashqari, terakt "soxta radikal oqimlar" izdoshlari tomonidan tashkil qilingani ma'lum bo‘ldi. 

Ma'lumotlarga oydinlik kiritilishicha, ular chet eldan ko‘rsatmalar olishgan.