09:17 / 08.06.2016
3250

Amerika Kubogi: Dempsining 1 goli va 2 golli uzatmasi AQShga Kosta-Rikani yirik hisobda yengishda yordam berdi

AQShda Amerika Kubogining guruh bosqichi doirasida ikkinchi tur o‘yinlari boshlandi.

Dempsining goli va ikkita golli uzatmasi AQShning Kosta-Rika ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta'minladi - 4:0.

Avvaliga Dempsi 9-daqiqada penalti zarbasini aniq ijro etib hisobni ochdi. U 37-daqiqada Jyermeyn Jonsga, 42-daqiqada Bobbi Vudga golli uzatmalar berdi va hisob yirik ko‘rinishga keldi. O‘yindagi yakuniy natija 87-daqiqada AQSh terma jamoasi xavbeki Grem Zusi tomonidan o‘rnatildi.

Endilikda AQSh hisobidagi ochkolar soni 3ta bo‘ldi, Kosta-Rika esa 1 ochko bilan qolmoqda.

AQSh – Kosta-Rika 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Dempsi, 2:0 – 37 Jons, 3:0 – 42 Vud, 4:0 – 87 Zusi.
AQSh – Gyuzan, Yyedlin, Kemeron, Bruks, Jonson, Bedoyya (Bekkerman, 83), Bredli, Jons, Zardes, Dempsi (Vondolovski, 78), Vud (Zusi, 70).
Kosta-Rika –  Pemberton, Gamboa (Salvaterra, 46), Duarte, Akosta, Kalvo, Matarrita, Kempbell (Asofeyfa, 46), Bolanos, Borxes, Ruis, Urenya (Saborio, 18).
Ogohlantirishlar: Jonson (44), Bruks (81).

Top