18:07 / 08.06.2016
7771

Angliya terma jamoasi murabbiyi tasodifan Rossiyaga qarshi o‘yin rejasini oshkor qilib qo‘ydi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hojsonning yordamchisi Rey Levington o‘zi istamagan holda Yevro-2016 guruh bosqichida Rossiyaga qarshi kechadigan o‘yin uchun rejani oshkor qilib qo‘ydi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatgan.

Fotojurnalistlardan biri tomonidan olingan suratda Levington qo‘lida o‘yin uchun sxemalar papkasi bilan tushgan. Surat yaqinlashtirib ko‘rilganda, Angliya terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘yinga Harri Keyn, Dele Alli va Ueyn Runi uchligini tushirmoqchiligini aniqlashgan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Roy Hojson bundan oldinroq mashg‘ulot maydoni atrofiga maxsus himoya ekranlarini o‘rnattirgan edi. U shuningdek, futbolchilarga mashg‘ulot jarayoni haqida gapirishni taqiqlagan.

Angliya va Rossiya uchrashuvi 11 iyun kuni Marselda bo‘lib o‘tadi.

Top