15:48 / 08.06.2016
3502

Donald Tramp Sanders tarafdorlarini o‘zini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Respublikachilar partiyasining praymerizlardagi yetakchisi milliarder Donald Tramp, saylovoldi ovoz berish jarayonlarida amalda mag‘lub bo‘lgan demokrat Berni Sanders tarafdorlariga murojaat qilib, ularni prezidentlik saylovlarida o‘zi tomonga o‘tishga chaqirgan. 

"Men sizlarning ishonchingizni hech qachon suiiste'mol qilmayman. Biz, boshqariladigan tizim ustidan g‘alaba qozondik", - deb bayonot bergan Tramp Uetchester (Nyu-York shtati) shahrida qilgan chiqishida. 

"Adolatsiz tizim tomonidan ber chetga surib qo‘yilgan Sandersning barcha tarafdorlarini quchoq ochib kutib olamiz", - deb qayd etgan milliarder.

Bundan avvalroq, Sandersning partiyadosh raqibi Hillari Klinton Demokratik partiyadan asosiy nomzod bo‘lish uchun praymeriz jarayonida g‘olib bo‘lgani xususida ma'lum qilgan edi.

Sanders bir necha marotaba superdelegatlarni o‘z tomoniga og‘dirib olish bilan Klinton ustidan baribir g‘alaba qozonishini ta'kidlagan. Gap shundaki, delegatlar, partiya s'yezdida praymeriz natijalariga e'tibor bermasdan ovoz berishadi. Sanders prezidentlik uchun kurashni oxirigacha davom ettirish niyatini bildirgan.

Top