08:46 / 08.06.2016
4450

Kopengagen muzeyi suratlaridagi "habash" so‘zlari "afrikalik" so‘zlari bilan almashtirildi

Kopengagendagi Milliy san'at muzeyida 13 kartina nomlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Politiken xabariga ko‘ra, bu suratlardagi "habash" so‘zlari "afrikalik" so‘zlariga almashtirilgan.

Muzey xodimlaridan birining qayd etishicha, bu o‘zgarishlar zamonaviylik belgisi.

Qayd etilishicha, daniyaliklar Amsterdamdagi Milliy muzeyda 233ta kartina nomlaridagi "habash", "gottentot" kabi so‘zlarning almashtirilganidan o‘rnak olishgan.

Top