17:13 / 08.06.2016
8123

Neft narxi ko‘tarilishi dollarning rublga nisbatan kursi pasayishiga olib kelmoqda

Moskva birjasi savdolarida AQSh dollarining Rossiya milliy valyutasiga nisbatan kursi, shu yilning 29 aprelidan beri ilk marotaba 64 rubldan pasaydi.

Misol uchun, Moskva vaqti bilan soat 14:08da bir dollar 63 kopeyekka arzonlashib, 63,99 rublni tashkil etgan.

Yevro kursi esa, 52 kopeyekka tushib, 72,84 rublga teng bo‘lgan.

Avvalroq, WTI markali neft narxi so‘nggi 10 oyda ilk marta 51 dollardan ko‘tarilgani xabar qilingan edi. 

Brent neftining bir barreli esa, London birjasi savdolarida 52,21 dollarga baholangan.

Top