21:27 / 08.06.2016
5486

Pogbaning onasi o‘g‘lining Fergyuson bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirib berdi

“Yuventus” jamoasining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning onasi Yyeo Moriba o‘g‘lining “Manchester Yunayted”da o‘tgan davri haqida gapirib o‘tdi.

Yarim himoyachining onasi ta'kidlashicha, Fergyuson doimiy ravishda Pogbaga bosim uyushtirib kelgan va uning jamoadan ketishi ham Fergyussonning qarori bo‘lgan. Bundan tashqari, Yyeo Maribaning ma'lum qilishicha, o‘g‘li MYudan ketar ekan, ko‘zdan oqayotgan yoshlarni to‘xtata olmagan.

«Biz u uyimizga kelayotganini ko‘rib ko‘zlarimizga ishonmadik. U yolg‘iz edi. Biz barchamiz bir joyga yig‘ildik, Polning akalari ham bor edi. Murabbiyning kelishidan maqsad shartnomani uzaytirmaslik edi. Aleks Fergyuson Polni tarkibga qo‘shmadi, o‘g‘lim o‘zini doim yolg‘iz his etardi», – dedi Pol Pogbaning onasi.

Ayni damda Pol Pogba Fransiya terma jamoasining yetakchi futbolchisi hisoblanadi.

Top