17:53 / 08.06.2016
8149

Rossiya moliya vaziri rublning neft narxiga bog‘liq emasligini ma'lum qildi

Rubl kursi endilikda, neft narxi bilan bevosita bog‘liq emas. Unga boshqa omillar ta'sir ko‘rsatayapti, deb bayonot bergan Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov. Bu haqda, Rambler News Service xabar qilgan. 

«Neft va rubl kursining o‘zaro bog‘liq emasligiga guvoh bo‘lmoqdamiz», — degan Rossiya hukumati mulozimi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda rubl kursiga «ko‘p narsa ta'sir etmoqda». 

«Amerika Federal zaxira tizimi qarori ham unga ta'sir qiladi. Yaqin orada, u foiz stavkasini ko‘tarishni rejalashtirayapti». 

Avval xabar qilinganidek, Brent markali neftning bir barreli so‘nggi bir oy ichida salkam 8 dollarga, ya'ni 17 foizga qimmatlashgan. Dollar esa, rublga nisbatan 2,6 foizga arzonlashgan.

Top