22:26 / 08.06.2016
5547

Sharapova aksildoping qoidalarni buzgani uchun ikki yilga tennisdan chetlatildi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova aksildoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga tennisdan chetlatildi, deb xabar bermoqda Xalqaro tennis federatsiyasining rasmiy tvitterida. 

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Sharapova shoshilinch matbuot-anjuman chaqirtirib, uning Australian Open musobaqasidagi doping namunasi meldoniyga ijobiy chiqqanini ma'lum qilgan. 

Meldoniy moddasi 2016 yil 1 yanvardan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Top