12:51 / 08.06.2016
11410

Urganch aeroporti EgyptAir samolyoti majburiy qo‘nishidan keyin vaqtinchalik yopib qo‘yildi

Urganch shahridagi aeroportidan uchishlarni amalga oshirish va aeroportga qo‘nishlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda RIA Novosti "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.

"Misrliklar samolyoti Urganch aeroportiga majburan qo‘ndi. Aeroport ayni vaqtda uchishlar va qo‘nishlar uchun yopiq", deyilgan xabarda.

Urganch shahri aeroportidan mahalliy va xalqaro reyslar amalga oshiriladi. Ular orasida Parij va Milan shaharlariga reyslar bor.

Top