14:54 / 09.06.2016
3569

Bag‘doddagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

IShID Iroq poytaxti Bag‘dod shahridagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Al-Jazira telekanali ma'lumotiga ko‘ra, shaharda sodir etilgan ikkita portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetgan.

Bundan oldingi xabarlarda terakt hayotdan olib ketgan kishilar soni 22 nafarligi, yana 70dan ortiq kishi jarohatlangani haqida aytilgandi.

Portlashlarning birinchisi Bag‘dod shahri sharqidagi shialar istiqomat qiluvchi Al-Jadid shahrida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali amalga oshirilgan.

Ikkinchi portlash shahardan shimoldagi Tadji shahrida ro‘y bergan. Bu yerda terrorchi minalashtirgan avtomobilni Iroq armiyasining nazorat-o‘tkazuv punktiga haydab borgan.

Top