00:25 / 09.06.2016
3912

BP: jahondagi neft iste'moli 2015 yilda 1,9 foizga oshgan

Jahon bo‘yicha neft iste'moli 2015 yilda 1,9 foizga oshgan. Bundan BP energiya zaxiralari jahon sharhidagi ma'lumotlar guvohlik bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 2015 yilda OPeKning rekord darajadagi neft qazib olishi natijasida (kuniga 38,2 mln barrel) neft hajmi o‘sishi kuniga 2,8 mln barrelga yoki 3,2 foizga yetgan.

Sharhda 2015 yilda neft hisobiga umumiy foydalangan energiya zaxiralarining 32,9 foizi to‘g‘ri kelgani aytilgan. Shu bilan birga o‘sish sur'atlari ketma-ket ikkinchi yil neft iste'moli o‘sishi sur'atlaridan idamlab borayotgani ta'kidlab o‘tilgan.   

BP rahbari Robert Dadlining aytishicha, jahon energetika bozori chuqur o‘zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda, energetik kompaniyalarga esa o‘zgarishlarga moslashish uchun shay turish kerak.

Top