21:10 / 09.06.2016
3920

Italiya parlamenti jamoatchilikda nafrat uyg‘otishga undovchi harakatlarni jazolovchi qonun qabul qildi

Italiya milliy parlamenti deputatlari palatasi jamoatchilikda nafrat qo‘zg‘atuvchi ishlarga undash, ularda ishtirok etish va bunday ishlar propakandasida ishtirok etish, genotsidning istalgan ko‘rinishini amalga oshirish, insoniyatga qarshi jinoyat sodir etish hamda harbiy jinoyatga qo‘l urish 2 yildan 6 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanishi to‘g‘risida qonun qabul qildi.

Il Giornale gazetasining 9 iyul kuni yozishicha, hujjatga ovoz berish 8 iyul kuni amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, 237 deputat yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 102 deputat qarshi ovoz berib chiqqan.

“Ushbu qonunni qabul qilishdan murod jamoatchilik orasida uchrayotgan eng nozik g‘alayonli nuqtalarga ham barham berish, nafrat tuyg‘usini yo‘qotish va yuzaga keluvchi holatlarni qonun yo‘li bilan jazolashdir”, dedi qonun qabul qilgan deputatlardan biri, Demokratlar partiyasidan bo‘lgan Kyara Gribaudo.
 

Top