10:02 / 09.06.2016
6230

Qozog‘iston IIV: Aqto‘bening 6 nafar terrorchisini qidirish davom etmoqda

Qozog‘iston politsiyasi va maxsus xizmatlari, mamlakat g‘arbida joylashgan Aqto‘be shahridagi qurol do‘konlari va Milliy gvardiya harbiy qismiga hujum qilgan terrorchilarning 6 nafarini qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Almas Sadubayev ma'lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni bir guruh jinoyatchilar Aqto‘be shahrida qurolli hujumni amalga oshirishgan edi. Buning oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ulardan 3 nafari harbiy xizmatchilardir. Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 38 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga olib kelingan. IIV xabarlariga binoan, aksilterror amaliyot chog‘ida 13 nafar jinoyatchi o‘ldirilgan, 4 nafari yaralangan, yana 6 kishi qidirilmoqda. 

Ayni vaqtda, Aqto‘be viloyatida aksilterror amaliyot tartibi joriy qilingan. Mamlakat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan "sariq daraja"li favqulodda holatga 40 kun amal qilinadi.  

Bugun, 9 iyun kuni qo‘poruvchilik qurbonlari xotirasiga umummilliy motam kuni deb e'lon qilingan. 

Respublika bayroqlari tushirilgan, ko‘ngilochar tomosha va anjumanlar bekor qilingan. Shu mazmundagi teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar to‘xtatilgan.

Top