00:20 / 09.06.2016
4204

Michiganda to‘qnashuv oqibatida besh nafar velosipedchi halok bo‘ldi

Kalamazuda (Michigan) 7 iyun kuni yuk mashinasiga urilgan velosipedchilarning besh nafari halok bo‘ldi, qolgan to‘rttasi esa og‘ir jarohatlandi.  To‘qnashuv Kalamazu shimolidagi Cooper Township bog‘i yaqinida kechki soat yettida sodir bo‘lgan

Prokuror Jeffrey Getting aytishicha, velosipedchilar besh nafari voqea joyidayoq jon berishgan.  Yuk mashina haydovchisi g‘arbiy Michiganda yashovchi 50 yoshli kishi ekanligi aniqlandi. U velosipedchilarni urib yuborganidan so‘ng piyoda qochishga uringan chog‘ida qo‘lga olingan.  

Guvohlar yo‘l hodisasiga yuk mashinasining beqaror boshqaruvi sabab bo‘lganini qayd etishgan.  Fox 17 nashrining xabar qilishicha, tirik qolgan velosipedchilarning ahvoli juda og‘ir.

Top