08:30 / 09.06.2016
7456

Ottava markazida yer o‘pirildi

Kanada poytaxti Ottava markazida yirik yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Mamlakat parlamentidan deyarli bir necha yuz metr uzoqlikda, Rido ko‘chasi o‘rtasida katta o‘ra hosil bo‘ldi. Oqibatda suv quvuri yorilib, o‘ra bir onda suv bilan to‘la boshladi. Ko‘plab guvohlar ko‘z o‘ngida o‘ra kattalashishni boshlab, yon-atrofdagi avtomobillarni o‘z domiga torta boshlagan. 

Yaqin oradagi uylar aholisi va do‘konlarga tashrif buyurganlar zudlik bilan evakuatsiya qilinganlar.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Yer o‘pirilgan ko‘chada bir necha oy davomida ta'mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan, shuning uchun unda avtomobillar ko‘p bo‘lmagan, deb xabar bermoqda Ottawa Citizen nashri.

Hozir hudud o‘rab olingan. Yaqin oradagi binolar suv va elektr ta'minotisiz qolmoqda.

Top