08:47 / 09.06.2016
4399

Shvetsiya sudi M&M’s shirinliklarini Marabou brendi bilan o‘xshashligi uchun taqiqlab qo‘ydi

Shvetsiyada bolalarning sevimli shirinliklaridan biri bo‘lgan, rang-barang shokolad drajyelari M&M’s sotilishi taqiqlandi. Sud shokoladni ishlab chiqaruvchi AQShning Mars kompaniyasi Shvetsiyaning Kraft Foods kompaniyasi huquqlarini buzayotganlikda aybdor deb topdi. Gap M&M’s drajyelaridagi kichik "m" harfining ishlatilishi haqida ketmoqda. Gap shundaki, Marabou yoryong‘oqli shokolad drajyelari ustida ham xuddi shunday kichik "m" harfi ishlatilgan.

Sud haqamining tushuntirishicha, agar Mars kompaniyasi drajyelarning o‘zida hamda o‘ramida bosh harf "M"dan foydalanganda, unda mualliflik huquqini buzmagan bo‘lardi.

AQSh kompaniyasi sudning bu qarori ustidan shikoyat qilmoqchi. Mars vakilining aytishicha, M&M’s va Marabou drajyelarini chalkashtirib yuborishning umuman iloji yo‘q.

Top