11:35 / 09.06.2016
3206

Tel-Avivda terakt tufayli 4 kishi halok bo‘ldi

Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida, «Sorona» bozori hududida 8 iyun kuni kechqurun terakt sodir etilgan. Isroil televideniyesi ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt natijasida 4 kishi halok bo‘lib, 6 kishi yaralangan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ikki terrorchi mudofaa vazirligi majmuasi yaqinida joylashgan «Sorona» savdo markaziga kelgan, restoranda taom buyurtma qilgan, so‘ng esa o‘t ochgan.

Ikki terrorchi ham qo‘lga olingan. Ulardan biri yaralangan holda shifoxonaga yetkazilgan. Ikkinchi terrorchi ayni paytda xavfsizlik xizmati vakillari tomonidan tergov qilinmoqda.

Top