Yevro-2016 o‘yinlariga soyabonlar va lazer ukazkalar olib kelish taqiqlanadi

Fransiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati tashkilotchilari muxlislarga stadionlarga tualet qog‘ozi, lazer ukazka va soyabonlar olib kelishni taqiqlashdi. Bu haqda 10 iyunda ma'lum qilindi.
Stadionga olib kirish taqiqlangan buyumlar ro‘yxatiga shuningdek dronlar, shlemlar, har qanday idish (jumladan, qog‘oz idish), pirotexnikaning barcha turi, megafonlar hamda shovqin chiqaruvchi elektr va mexanik qurilmalar kiritildi. Muxlislar o‘yinlarga eni, balandligi va chuqurligi 25 santimetrdan oshmaydigan sumkalar olib kelishlariga ruxsat berildi. Shuningdek, bayroqlarning eni va balandligi mos ravishda 2 metrga 1,5 metrdan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, muxlislarga o‘zlari bilan alangalanuvchi suyuqliklar, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, sanchuvchi va kesuvchi buyumlar, istalgan turdagi qurol va professional videotasvir qurilmalarini olib kelish ham taqiqlandi.
Yevro-2016 uchrashuvlari 10 iyundan 10 iyulgacha Fransiyaning 10 ta shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa finali 10 iyulda Fransiyaning bosh futbol maydoni "Stad-de-Frans"da bo‘lib o‘tadi. Shu maydonda Fransiyaga jahon chempionligini olib kelgan 1998 yilgi jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeIga nomzodlarga Rossiyadagi paradga bormaslik kerakligi aytildi
Jahon | 08:46
-
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi
Jahon | 08:45
-
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida
Jahon | 08:22
-
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida
Jahon | 08:22