15:17 / 10.06.2016
5119

Uber Qozog‘iston bozorida ish boshlaydi

Uber taksi buyurtma qilish xizmati 10 iyun kuni Ostonada ish boshlashi haqida ma'lum qildi. 

Qozog‘iston poytaxtida servisning byudjyet varianti - UberX taqdim etilgan. Kompaniya avtomobil yetkazib berishga 170 tenge oladi, bir kilometrga 40 tenge va bir daqiqa uchun 5 tenge. Sayohatning minimal bahosi - 400 tenge. 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar haydovchi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Uber avtomobillarga bo‘lgan talabni belgiladi. Unga ko‘ra, transport vositasi yetti yildan ortiq xizmat qilmagan xorijiy rusumdagi mashina bo‘lishi kerak. 

Qozog‘iston Uber faoliyatini amalga oshirayotgan to‘rtinchi MDH mamlakati. Servis Rossiya, Belarus va Ozarbayjonda ham yo‘lga qo‘yilgan.

Top