23:10 / 10.06.2016
5029

Ueyn Runi: "Yevroga tayyorgarlik mukammal bo‘ldi, biz Rossiya bilan o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz"

Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi Yevro-2016 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan bo‘lishdi. 

"Jamoa yaxshi tayyorlandi, o‘yinchilar ko‘tarinki kayfiyatda, biz Rossiya bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Tayyorgarlik mukammal bo‘ldi. Bizda jarohatlanganlar yo‘q, bu juda muhimdir. Faol, jadal ravishda o‘ynash kerak.

Bu bizning birinchi uchrashuvimiz, juda e'tiborli bo‘lish lozim. Ikki yil avval biz muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandik, endi bo‘lsa, biz birinchi uchrashuv juda muhimligini bilamiz. Biz maydonga chiqib, 100 foiz kuch bilan o‘ynaymiz.

Terma jamoalar o‘yinini klublarniki bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bu biz uchun jamoaning yoshi sababli katta chaqiriqdir, biroq fikrimcha, yigitlar Yevropa chempionatida zarur tajribaga ega bo‘ladilar ", deb aytdi Runi.

Top