10:25 / 10.06.2016
4349

O‘g‘rilar YeI va Gruziya o‘rtasidagi vizani bekor qilishga to‘sqinlik qilishi mumkin

Uylarni tunash bilan shug‘ullanadigan uyushgan jinoiy guruhlar YeI va Gruziya o‘rtasida vizasiz bordi-keldini yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilishi mumkin, deb yozadi Wall Street Journal gazetasi.

Gap shundaki, Germaniya hukumati Yevrokomissiyaga murojaat qilib, YeI hududidagi uyushgan guruhlarning jinoyatlariga oid hisobot berishni so‘ragan. Shu bilan birga, bu boradagi yakuniy qaror qabul qilinishini rasmiy Parijning xavotirlari ham ortga surishi mumkin. Fransiya vizasiz tartib terror xavfi kuchaygan sharoitlarda Yevropani yanada zaif qiladi, deb hisoblaydi. 

2015 yilning dekabr oyida Yevrokomissiya bergan bayonotga ko‘ra, Gruziya YeI bilan vizasiz tartibni joriy qilish uchun barcha shartlarni bajargan. 2016 yil martida YeK ushbu respublika fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish bo‘yicha qonun tashabbusini ilgari surdi. Gruziyadan tashqari, YeI bilan vizalarni bekor qilish masalasi bo‘yicha Ukraina, Kosovo va Turkiya ham muzokaralar olib boryapti.

Top