08:30 / 11.06.2016
4225

AQShda kichik samolyot turar joy binosi ustiga qulab tushdi

AQShning Xotorn shahrida (Kaliforniya shtati) ikki qavatli turar joy binosi ustiga kichik samolyot qulab tushdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda ABC7 telekanali.

Falokat joyida samolyot bortida bo‘lgan ikki kishining jasadi topilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uyda yashovchi aholi orasidan hech kim jabrlanmagan.

Top