19:01 / 11.06.2016
8123

Damashqdagi terakt: Qurbonlar soni 20 nafar, terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Human Rights Watch ma'lumotiga ko‘ra, 11 iyun kuni Suriya poytaxti Damashq shahrida sodir etilgan teraktlar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 20 nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlik kiritilishicha, qurbonlarning 13 nafari tinch aholi vakillari, qolganlari harbiylar.

Shuningdek, 50dan ortiq kishi jarohatlangan.

Davlat telekanallari 3 marta portlash sodir bo‘lgan Seyida Zeynab mavzesidagi avtomobillarning oynalari to‘kilib ketgani va hududdagi binolarning aksari jiddiy zararlangani haqidagi lavhalarni namoyish etgan. Suriya OAVi terakt qurbonlari soni 8 nafar ekanini aytgan.

Portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Top