14:29 / 11.06.2016
6191

Limadan Buenos-Ayresga parvoz qilayotgan samolyot yo‘lovchilari jiddiy jarohat olishdi

Limadan Buenos-Ayresga parvoz qilayotgan Aviance Airline samolyoti 6 iyun kuni juda qo‘pol qo‘nishni amalga oshirdi. Parvoz tarixida yo‘lovchilarning bunday jiddiy jarohat olishi juda kam qayd etilgan. Bu haqida Fox News xabar berdi.

Taxminan 23 nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olib, ekipajning ikki a'zosi bo‘yin sohasi qattiq shikastlangan, ularning kiyimlariga qon sachragan. 

Muvaffaqiyatsiz qo‘nishni amalga oshirgan parvoz tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib ketdi. 

Tasvirlarda yo‘lovchilardan birining boshi jiddiy lat yegani yirik planda ko‘rsatilgan, yana ikki yo‘lovchi ayolning o‘tirgan o‘rniga mahkamlanib, bo‘yni gipslangani aks etgan.

Keyinroq aviakompaniya AV965 samolyotida amalga oshirilgan parvozdan so‘ng 10 kishining jarohatlanib, shifoxonaga yetkazilgani haqida ma'lumot berdi. 

Samolyot taxminan olti soat davomida parvoz qilgan.

Top