19:49 / 11.06.2016
26799

Tarixdagi 10ta yirik futbol mojarosi

Dunyodagi eng ommabop sport turi hisoblangan futbolda ham turli xil mojaro, fojia va halokatlar bo‘lib turadi. Bunda inson omili shunchalik ko‘p o‘rin tutadiki, noqulay vaziyatlar bilan bog‘liq holatlar, omadli gollar soniga teng keladi, deyish mumkin. Biz e'tiboringizga, ularning orasidan 10talikni havola etishga qaror qildik. 

1. Zinedin Zidanning bosh bilan bergan zarbasi

Barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Zidan 2006 yilgi JCh finalida italiyalik futbolchi Marko Materatstsining ko‘kragiga boshi bilan zarba berib, hakam unga qizil kartochka ko‘rsatishidan keyin mardonavor holda maydonni tark etib barchani lol qoldirdi.
Keyinchalik uning bu harakatiga Marko tomonidan haqarotomuz so‘zlar ishlatilani sabab bo‘lgani aytilgan. 

2. FIFA rahbariyati tizimidagi korrupsiya mojarosi

FIFA — Jahon futbolining rahbar organidir. Ayni shu tashkilot ham korrupsiyaga aralashmaslikning uddasidan chiqa olmadi. Mojaro 2015 yil 7 iyulida avj oldi. O‘shanda Shveytsariyadagi muhtasham Baur Au Lac mehmonxonasida bexosdan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida FIFAning 7 nafar yuqori lavozimli mulozimi hibsga olingan edi. Ular poraxo‘rlik, firibgarlik va pullarni noqonuniy o‘zlashtirishda gumon qilindi. 

3. Erik Kantona "qahriga uchragan muxlis"

Erik Kantona "Manchester Yunayted"  a'zosi bo‘lgan vaqtlarida muxlis bilan bog‘liq mojaroga aralashib qolgan edi. Balki, o‘yinlardan chetlatilgan futbolchi alamini muxlisdan olishga qaror qilgandir. Kantona o‘zining sharq yakka kurashlariga xos zarbasi tufayli katta miqdorda jarimaga tortildi va mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi. 

4. Eyzel fojiasi

Bu voqea, aytish mumkinki, futbol tarixidagi eng dahshatlisi. Hodisa 1985 yil 29 may kuni Belgiya poytaxti Bryusselda «Yuventus» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida yuz bergan. Tribunalardan birining devori qulashi oqibatida 39 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yuzlab odamlar jarohatlangan edi. 

5. Germaniyaning Braziliya ustidan g‘alabasi

Braziliyalik muxlislar terma jamoaning muvaffaqiyatlarini qadrlashadi. Terma jamoa ham ularga olamshumul g‘alabalar tuhfa etishni sevadi, albatta. 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida mezbonlar g‘alaba qozonishi kerak edi, ammo yarim finalda Germaniya Braziliyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. Bunday sharmandali mag‘lubiyatning o‘ziyoq futbol uchun katta mojaro edi. 

6. Andres Eskobar fojiasi

Andres Eskobar Kolumbiya termasining himoyachisi bo‘lib, ancha iqtidorli futbolchi ekanini namoyish etishga ulgurgan edi. U 1994 yili AQShdagi jahon chempionatida Kolumbiya jamoasiga sardor bo‘lgandi. O‘yin vaqtida, uning o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yishi, jamoaning guruh bosqichidan chiqa olmasligiga va alloqibat Eskobarning muxlislardan biri tomonidan otib ketilishiga sabab bo‘ldi. 

7. Ueyn Runi bilan bog‘liq "muhabbat" mojarosi

Ueyn Runi bir vaqtlar juda og‘ir kunlarni boshidan kechirgandi. Rafiqasi Kolin Runi homilador bo‘lgan bir vaqtda, u boshqa ayol bilan ishqiy munosabatlar o‘rnatgan. Bu OAVning unga nisbatan hujumini avj oldirib yubordi. 

8. Diyego Maradonaning qaramligi

Diyego Maradona dunyoning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida tan olingani hech kimga sir emas. Ammo, uning taqiqlangan moddalarga mukkasidan ketishi futbol tarixidagi eng shov-shuvli voqealardan biri bo‘lgan edi.  Maradona yoshligidan giyohvandlik illati bilan kurashib kelganini aytar ekan, ko‘p hollarda maydonga shirakayf bo‘lib chiqqanini tan olgandi. 

9. Janubiy Koreyadagi kelishilgan o‘yinlar

Yaqinginada kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq mojaro yuzasidan hozirgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sudlar milliy kollegiyasi tomonidan o‘yinlarning kelishilgan jadvali aniqlangan edi. Janubiy Koreyaning darvozabonlari, hujumchilari va hakamlardan iborat 10 kishi hibsga olingandi. 

10. Luis Fabiano onasining o‘g‘irlanishi

Luis Fabiano — braziliyalik legioner futbolchi. U dunyoning eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchilaridan biri edi. 2005 yili futbolchining onasi, tovon puli olish maqsadida o‘g‘irlab ketildi. Ona qirq kun mobaynida garovda qolgan hamda tovon puli to‘langach, sog‘-salomat qutqarilgan edi.

Manba: Tribuna.uz

Top