13:45 / 11.06.2016
7987

WP: Amerika harbiylari AK-47 ni ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

AQSh maxsus amaliyotlar qo‘mondonligi, Amerika kompaniyalari tomonidan jangovar harakatlar hududida keng qo‘llaniladigan Rossiya namunasidagi qurollar, xususan, Kalashnikov avtomatini ishlab chiqarish imkonini muhokama etmoqda, deb yozmoqda The Washington Post.

Bungacha Tampa Bay Times nashri SOCOM ga asoslangan holda, AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari tomonidan qo‘llanilmaydigan nostandart qurollar va o‘q-dorilarga bo‘lgan talablar ro‘yxatini keltirgan edi. 

Ushbu talabnomadan AK-47 va Dragunov snayperlik vintovkasi ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, Rossiyaning o‘rta va og‘ir pulemyotlari va 14,5-mm li aviatsiya quroli kiritilgan. 

Qayd etilishicha, Amerika qurollari Iroq va Afg‘oniston, Suriyadagi muxolif kuchlarga yetkazib beriladi. WPning yozishicha, bu qurollar sovet qurollaridan aniqroq, ammo bir vaqtning o‘zida uning egasini raqibga bildirib qo‘yadi. Shu boisdan ham, MRB va SOCOM o‘z ittifoqchilari uchun AKlarni xarid qilishga majbur bo‘lyapti.

Top