11:26 / 12.06.2016
4208

AQSh terma jamoasi Paragvayni mag‘lub etdi va Amerika Kubogi pley-offiga yo‘l oldi

Amerika Kubogi guruh bosqichining yakunlovchi uchinchi turida AQSh termasi Paragvay terma jamoasini kichik – 1:0 hisobida yengib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. 27-daqiqada urilgan yagona gol muallifi sifatida Klint Dempsi qayd etildi.
Ikkinchi taym boshida musobaqa mezbonlari bir kishi kam bo‘lib to‘p surishdi. Deandre Yyedlin ikki daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng, Paragvay ko‘proq hujum qildi, ammo raqibini yenga olmadi.
Amerika Kubogi
AQSh-Paragvay – 1:0 
Gol: Dempsi, 27 (1:0).
Ogohlantirish: Yyedlin, 47; Bredli, 59; Vud, 72; Orosko, 79; Jons, 87 – Ortis, 13; Roxas, 71; Ayyala, 78.
Chetlashtirish: Yyedlin, 48 – yo‘q.

Manba: Tribuna.uz

Top