23:08 / 12.06.2016
4407

Yevro-2016: Polsha Milikning yagona goli evaziga Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etdi

Yevropa chempionatining S guruhidagi ilk uchrashuv Nitstsa shahridagi «Alyants Rivera» stadionida Polsha va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari o‘rtasida kechdi va polshaliklarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida urildi. 51-daqiqada Yoqub Blashikovski raqib jarima maydoniga uzatgan to‘p Arkadiush Milikka kelib tushdi va u bir harakat bilan to‘pni to‘xtatib ikkinchi urinishda darvozaning quyi burchagiga yo‘lladi.

Polsha terma jamoasi uchun bu Yevropa chempionatlaridagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Polshaliklar shu vaqtgacha Yevropa chempionatida 3 marta ishtirok etgandi.

C guruhining ikkinchi uchrashuvi 1 soatdan keyin Lillda, Germaniya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Polsha – Shimoliy Irlandiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
 1:0 – 51 Milik.
Polsha – Shchensni, Glik, Yendjyeychik, Pishchek, Pazdan, Blashchikovski (Grositski, 80), Krixovyak, Monchinski (Yodlovets, 78), Kapustka (Peshko, 88), Milik, Levandovski.
Shimoliy Irlandiya –  Makgovern, Ketkart, Makoli, Evans, Makneyr (Dallas, 46), Norvud, Beyrd (Uord, 76), Devis, Fergyuson (Uoshington, 66), Maklaflin, Laferti.
Ogohlantirishlar: Kapustka (65), Ketkart (69), Pishchek (89).

Manba: tribuna.uz

Top