22:34 / 12.06.2016
8843

Fransiya TIV Rossiya va Angliya termalariga sanksiya qo‘llashga chaqirdi

Fransiya TIV rahbari Bernar Kaznyov Marseldagi tartibsizliklardan keyin Rossiya va Angliya terma jamoalarini jazolashga chaqirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Keyingi 2 kun davomida Marsel shahrining qadimiy qismida ingliz va rus ishqibozlari, shuningdek mahalliy fanatlar ishtirokida mushtlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tartibsizliklarni to‘xtatish uchun mahalliy politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

Bu tartibsizliklar natijasida 35 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, 11 iyun kuni Rossiya va Angliya terma jamoalarining "Velodrom"dagi o‘yii yakunlangach, tribunadagi 30 nafar rossiyalik fanat ingliz muxlislar o‘tirgan hududga bostirib kirdi va janjal boshladi.

12 iyun kuni UYeFA Rossiya va Angliya terma jamoalarini muxlislar to‘qnashuvi davom etadigan bo‘lsa, Yevropa chempionatidan chetlatishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Top