22:46 / 12.06.2016
8288

Gretsiya tashqi ishlar vazirligi: Turkiya hali 21-asr va zamonaviy sivilizatsiyaga kirmagan

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Kotzias Turkiya 21-asrda va sivilizatsiyaning zamonaviy darajasida emas, deb aytdi. Uning fikricha, bundan Istanbuldagi Avliyo Sofiya cherkovida Qur'on o‘qish qarori guvohlik bermoqda. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qarori bilan, YuNeSKO Butunjahon merosi yodgorligi hisoblanadigan Avliyo Sofiya cherkovida iyun oyi boshidan, Ramazon oyi davomida Qur'on o‘qilmoqda, bu jarayon davlat televideniyesi orqali namoyish qilinmoqda. Bu Gretsiyada keskin munosabat keltirib chiqargan. Gretsiya tashqi ishlar vazirligining aytishicha, Turkiya bu ishi bilan 100 yil orqaga qarab ketganini ko‘rsatgan.

Avliyo Sofiya cherkovi 1934 yildan beri muzey hisoblanadi.

Top