12:44 / 12.06.2016
4792

Karter doping qabul qilishda ayblansa, Bolt OO‘-2008 da qo‘lga kiritgan oltin medalini qaytarib berishga tayyor

Sprinter masofada yugurish bo‘yicha ko‘p karra jahon va Olimpiyada chempioni, yamaykalik yengil atletikachi Useyn Bolt agar jamoadoshi Nesta Karter qonidan doping aniqlanadigan bo‘lsa, Pekinda o‘tgan Olimpiyada o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltin medalini qaytarib berishini ma'lum qilgan.
U bu haqda Reuters agentligi bilan bo‘lgan suhbatda ma'lum qilgan.
Avvalroq sportchining qonida taqiqlangan metilgeksanamin moddasi borligi aniqlangan edi. Sportchining B doping tekshiruvi ham salbiy chiqqandi. Ushbu mavzu bo‘yicha rasmiy izoh hali berilganicha yo‘q.

Top