15:38 / 12.06.2016
5603

Okinava orolida AQSh, Yaponiya va Hindiston harbiylarining mashqi boshlandi

Tinch okeanining g‘arbiy, Okinava orolining sharqiy qismida AQSh, Yaponiya va Hindiston harbiylarining birgalikdagi “Malabar” harbiy-dengiz o‘quv-mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Deutshe Welle xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘quv mashg‘ulotlari Sharqiy-Xitoy dengizidagi jamlanma orollarda bo‘lib o‘tadi.

“Malabar” o‘quv-mashg‘ulotlari 1992 yildan beri AQSh va Hindiston harbiylarining birlashmasida o‘tardi. 2015 yildan ular safiga Yaponiya qo‘shildi.

Top